Oq ko‘ylak – bu har doim zamonaviy va chiroyli ko'rinadigan klassik kiyim-kechak elementi. Ammo vaqt o'tishi bilan, hatto eng sifatli oq kiyim ham o‘zining asl qiyofasini yo'qotishi mumkin: dog'lar paydo bo‘ladi, rangi o‘chadi, mato kulrang yoki sariq tusga kiradi. Mana shunday vaziyatlarda buyumlarni samarali tozalovchi va ko‘ylaklarning oqligini saqlovchi Brandfree kislorodli tozalovchisi yordamga keladi.
Ushbu maqolada, biz uy sharoitida oq ko‘ylaklarni oqartirish va tozalash uchun mo‘’jizaviy tozalovchidan qanday to‘g‘ri foydalanishni ko‘rib chiqamiz.
Nima uchun oq ko‘ylaklar rangini yo‘qotadi?
Vaqt o‘tishi bilan oq kiyim kirlanish va xiralashishga moyil bo‘ladi. Bu ter, chang, oziq-ovqat dog‘lari yoki noto‘g‘ri tanlangan yuvish rejimi bilan bog‘liq bo'lishi mumkin. Hatto suvning qattiqligi yoki juda yuqori yuvish harorati ham ko'ylaklaringizning oqligiga ta'sir qilishi mumkin. Yaxshiki, to‘g‘ri vositalardan foydalanilganda, har qanday dog‘larni osongina yuvib ketkazilishi mumkin.
Oq ko‘ylaklarni oqartirish usuli
Brandfree kislorodli tozalash vositasi – bu matoga shikast yetkazmasdan oq kiyimlarni samarali oqartirish va tozalashga yordam beradigan ajoyib vosita. Xlorli oqartiruvchilardan farqli o‘laroq, u matolarning ko‘pgina turlari uchun xavfsiz va tolalarni yemirmaydi.

Tozalashgacha

Tozalashdan keyin
Oq ko‘ylakni tozalash bosqichlari:
- Eritma tayyorlash. 1,5 osh qoshiq tozalagichni 1 litr qaynoq suvda eriting. Eritmani vosita suvda to‘liq eriguncha yaxshilab aralashtiring.
- Ko‘ylakni ivitib qo‘yish. Suvni sovuting yoki parvarish qilish bo‘yicha tavsiyalarda ko‘rsatilgan haroratgacha sovuq suv qo‘shing. Ko‘ylakning oldini pastga qaratib eritmaga qo‘ying. Matoning to‘liq suvga botishi muhim. uni 15-20 daqiqa ivitib qo‘ying. Bu vositaning mato tolalariga kirib borishi va samarali oqartirishi va hatto eski dog‘larni ham ketkazishiga yordam beradi.
- Kir yuvish mashinasida yuvish. Ivitishdan so‘ng, ko‘ylakni kir yuvish mashinasiga qo‘yish kerak. Oq buyumlar uchun oddiy yuvish rejimidan foydalaning. Tavsiya etiladigan yuvish harorati – matoning yaxlitligini saqlash uchun 40 daraja gacha. Mashina barabaniga yana bir qoshiq kislorodli tozalagich qo‘shing. Bu oqartirish ta’sirini kuchaytirishga yordam beradi va ko‘ylagingizni ko‘zni qamashtiruvchi oppoq qiladi.
- Chayish va quritish. Kir yuvish vositalarining qoldiqlarini ketkazish uchun yuvish tsiklidan so‘ng ko‘ylakni to‘g‘ri chayish muhim. Ko‘ylakni toza havoda yoki yaxshi shamollatiladigan xonada quriting. Mato haddan tashqari qurib qolmasligi uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlari tushishiga yo‘l qo‘ymang.
Oq ko‘ylakdagi dog‘larni qanday to‘g‘ri yuvib ketkazish mumkin
Oq kiyimda paydo bo‘ladigan quyidagi organik dog‘larga alohida e’tibor berish kerak: ter, oziq-ovqat, ichimliklar izlari. Bunday dog‘larni samarali ketkazish uchun quyidagi bir nechta qoidalarga rioya qilish kerak:
- Ter va dezodorant dog‘lari. Bunday kirlanishlarni ketkazish uchun kir yuvishdan oldin mo‘’jizaviy tozalovchi eritmada oldindan ivitib qo‘ying. To‘g‘ridan-to‘g‘ri dog‘ga bir oz miqdorda eritmani surting va 10-15 daqiqaga qoldiring, keyin ko‘ylakni kir yuvish mashinasida yuving.
- Oziq-ovqat dog‘lari. Yangi oziq-ovqat dog‘lari oddiy kir yuvish vositasi bilan aralashtirilgan kislorodli tozalagich bilan juda yaxshi ketkaziladi. Aralashmani dog‘ga surting, bir necha daqiqaga qoldiring, keyin iliq suv bilan yuvib tashlang.
- Eskirgan dog‘lar. Agar dog‘ uzoq vaqt davomida olib ketkazilmagan bo‘lsa, buyumni tozalovchi eritmasida uzoqroq - bir soatdan bir necha soatgacha vaqt davomida ivitish tavsiya etiladi. Materialga shikast yetkazmaslik uchun matoning holatini kuzatib turish muhimdir.

Tozalashgacha/Tozalashdan keyin
Oq ko‘ylaklarni yuvishning muhim qoidalari
Sizning oq kiyimingiz har doim yangi va toza ko‘rinishi uchun, uni parvarishlarning quyidagi qoidalariga rioya qilish tavsiya etiladi:
- Kir yuvish harorati. Oq ko‘ylaklarni har kunlik yuvish uchun optimal harorat – 30-40 daraja. Haddan tashqari issiq suv matoga zarar yetkazishi va uni sarg‘aytirishi mumkin.
- Suv va yuvish vositasi miqdori. kir yuvishda yetarli darajada suv va kir yuvish vositasidan foydalanish muhim. Eng yaxshi samaraga erishish uchun, har bir ko‘ylak uchun taxminan 5 litr suv va 7-8 osh qoshiqda kislorodli tozalagichdan foydalanish tavsiya etiladi.
- Oqartirish. Agar ko‘ylagingiz o‘zining oqligini yo‘qotsa, Brandfree kislorodli tozalagichini xavfsiz oqartiruvchi sifatida qo‘llang. U matoga zarar yetkazmasdan uning sarg‘ayishi va ko‘karishi bilan samarali kurashadi.
Oq buyumlarni parvarishlash bo‘yicha qo‘shimcha maslahatlar
Oq ko‘ylak o‘zining dastlabki ko‘rinishini imkon qadar uzoq saqlashi uchun, quyidagi tavsiyalarga rioya qiling:
- Kiyimlarni qlohida qo‘ying. Yoqimsiz bo‘yalishlarning oldini olish uchun, har doim oq kiyim larni rangli buyumlardan ajratib yuving.
- Suvni yumshatuvchilardan foydalaning. Qattiq suv matoga salbiy ta’sir qilishi va sarg‘ayish jarayonini tezlashtirishi mumkin. Agar sizning hududingizdagi suv qattiq bo‘lsa, kir yuvishda yumshatuvchi vosita qo‘shing.
- Buyumlarni yuvishdan so‘ng shamollating. Namiqish hidining oldini olish uchun, yuvishdan so‘ng ko‘ylaklarni darhol toza havoda osib qo‘ying.

Tozalashgacha

Tozalashdan keyin
Oq ko'ylak sizning garderobingizning muhim qismidir va uni toza holatda saqlash qiyin bo'lishi mumkin. Ammo Brandfree kislorodli tozalovchisi to'g'ri parvarish va foydalanish bilan siz hatto eng qattiq dog'larni ham oqartirishingiz va olib tashlashingiz mumkin, bu esa kiyimlaringizni mukammal oqligiga qaytaradi.