Har bir uy bekasi plitadagi ifloslanishlar muammosiga duch keladi. Hatto ehtiyotkorlik bilan ovqat tayyorlaganda ham ham, plita yuzasida, ayniqsa keramika yoki shisha plitada yog‘, dog‘lar va ovqat tomchilari paydo bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan bu ifloslanishlar to‘planadi, kuyadi, ularni tozalash esa, tobora qiyinlashib boradi. Ushbu maqolada biz sizga Brandfree kislorodli tozalagichisi yordamida plitani uy sharoitida qanday qilib oson tozalashni aytib beramiz.
Nima uchun yog‘ni yuvib tozalash qiyin?
Yog‘ va ovqat qoldiqlari yuqori harorat ta'sirida plita yuzasiga yopishib qoladi. Shisha va sopol plitalarda bu ifloslanishlar oxir-oqibat oddiy yuvish vositalari bilan ketkazish qiyin bo‘lgan eski dog‘larga aylanadi. Biroq, tashvishlanishga o‘rin yo‘q — bu muammoni ko‘p qiynalmasdan hal qilishning samarali usuli mavju!
Ifloslanishlarning turlari
Yog‘li dog‘lar. Bu ovqat tayyorlash vaqtida yog‘tomchilaridan hosil bo‘ladigan eng ko‘p uchrovchi ifloslanish. Yuqori harorat ta‘sirida yog‘ kuyib, oddiy vositalar bilan ketkazish qiyin bo‘lgan doimiy qattiq qatlam hosil qiladi.
Kuygan ovqat. Qaylalar tomchilari ovqat bo‘laklari ko‘pincha plitaga tushadi va faqat dog‘ bo‘lib qolmay, balki noxush hid tarqatib kuyadi.
Qasmoq. Yog‘va kuygan ovqat qatlami. Uni oddiy shimgich bilan yuvib ketkazib bo‘lmaydi, kuchli yuvish vositasi talab qilinadi.
Suv dog‘lari. Suv yoki sho‘rva qaynatilgandan so‘ng, sirtda qurigandan so‘ng xunuk ko‘rinadigan yo‘l-yo‘l dog‘lar qoladi.
Chang va ushoqlar. bu mayda ifloslanishlar tez to‘planadi va o‘z vaqtida olib tashlanmasa plitaning tashqi ko‘rinishini buzadi.
Kuygan ovqat. Qaylalar tomchilari ovqat bo‘laklari ko‘pincha plitaga tushadi va faqat dog‘ bo‘lib qolmay, balki noxush hid tarqatib kuyadi.
Qasmoq. Yog‘va kuygan ovqat qatlami. Uni oddiy shimgich bilan yuvib ketkazib bo‘lmaydi, kuchli yuvish vositasi talab qilinadi.
Suv dog‘lari. Suv yoki sho‘rva qaynatilgandan so‘ng, sirtda qurigandan so‘ng xunuk ko‘rinadigan yo‘l-yo‘l dog‘lar qoladi.
Chang va ushoqlar. bu mayda ifloslanishlar tez to‘planadi va o‘z vaqtida olib tashlanmasa plitaning tashqi ko‘rinishini buzadi.
Brandfree kislorodli tozalagichi qanday ishlaydi?
Mo‘’jizaviy tozalagich murakkab yog‘li birikmalarni ketkazish oson bo‘lgan zarralarga aylantirib samarali parchalaydi. Oddiy tozalash vositalaridan farqli o‘laroq, kislorodli tozalagich siz uchun barcha ishni qiladi. Endi siz plitani shimgich bilan qattiq ishqalashingiz yoki qirg‘ichdan foydalanishingiz shart emas - shunchaki tozalash vositasini surtish, bir necha daqiqa kutish va keyin sirtni artib olish kifoya. Bu, ayniqsa, nozik parvarish talab qiladigan keramika va shisha plitalar uchun juda muhim.
Plitani qanday to‘g‘ri tozalash kerak?
Brandfree yordamida plitani samarali tozalashning bir nechta oddiy qadamlari quyida keltirilgan:
- Plitani tayyorlash. Avval shimgich yoki latta yordamida plitaning sirtini ifloslanishlar va ushoqlardan tozalang. Bu tozalash vositasiga ifloslangan joylarga yaxshiroq singishga yordam beradi.
- Eritma tayyorlash. 1,5 osh qoshiq kislorodli tozalovchini 1 litr qaynoq suvda eriting. Bu samarali eritma tayyorlashning oddiy va qulay usuli. Qattiq va eski ifloslanishlar uchun quyidagicha tayyorlangan pastadan foydalanish mumkin: tozalagich donalari qaynoq suvda 1:1 nisbatida eritiladi.
- Tozalash vositasini surtish. Eritmani plitaning ifloslangan joylariga bir tekisda surtib chiqing. eskirgan dog‘lar va kuygan joylarga e’tibor bering.
- Kutish. Faol kislorod ishlashni boshlashi uchun vositani bir necha daqiqaga qoldiring. Bu vaqt ichida yog‘li dog‘lar ularni ketkazish oson bo‘lishi uchun erishni boshlaydi.
- Plitani tozalash. Plitaning sirtini nam shimgich yoki yumshoq latta bilan artib chiqing. Tozalash vositasining kuchli formulasi tufayli, plitani ifloslanishlardan yuvib tozalash oson va ortiqcha urinishlarsiz kechadi.
- Yakuniy ishlov berish. Tozalash vositasi qoldiqlarini ketkazish va plitaga porloq ko‘rinishini qaytarish uchun uning sirtini quruq latta bilan artib chiqing.

Tozalashgacha/Tozalashdan so‘ng
Brandfree dan foydalanishning afzalliklari
Kislorodli tozalagichdan foydalanish quyidagi bir qancha muhim afzalliklarga ega:
- Samaradorlik. Tozalash vositasi yog‘ va qasmoqlarni bir daqiqalarda ketkazib eng murakkab ifloslanishlar bilan bemalol kurasha oladi.
- Sirt uchun xavfsizligi. U barcha turdagi, jumladan, shisha va keramika plitalari uchun ham mos keladi. Tozalash vositasi materiallarga shikast yetkazmaydi va ularni mukammal holatda saqlashga yordam beradi.
- Qo‘llanishning osonligi. Siz tozalashga uzoq vaqt va kuch sarflashingiz shart emas. Mo‘’jizaviy tozalagich tez va samarali ishlaydi.
- Ekologik tozaligi. Tozalash vositasining salomatlik va atrof-muhit uchun xavfsizligi uni uy sharoitlarida foydalanish uchun mukammal qiladi.
Plitalarni parvarish qilish bo‘yicha maslahatlar
Plitangiz har doim yangidek turishi uchun quyidagi bir nechta maslahatlarga rioya qiling:
- Plitani muntazam tozalab turing. Ifloslanishlar to‘planishining oldini olish uchun ularni ovqat tayyorlashdan so‘ng darhol tozalang.
- Maxsus vositalardan foydalaning. Plitalar, ayniqsa keramika va shisha plitalar sirti uchun mo‘’jizaviy tozalovchi juda yaxshi mos keladi.
- Qizib ketishning oldini oling. Kuchli qizish yog‘ning sirtga shuqurroq singishiga yordam beradi, bu esa o‘z navbatida uning ketishini qiyinlashtiradi.

Tozalashgacha/Tozalashdan so‘ng
Endi siz Brandfree kislorodli tozalovchisi yordamida plitani qanday qilib tez va oson tozalash mumkinligini bilasiz. Bu tozalash vositasi sizga alohida qiyinchiliklarsiz plitangizning avvalgi porlashi va tozaligini qaytarishga yordam beradi. Uni ishda sinab ko‘ring, va plitangiz doimo porlab turadi!