Kir yuvish mashinasi – bu kundalik hayotning kiyimlarimizni parvarish qilishni osonlashtiradigan ajralmas qismi. Biroq, vaqt o‘tishi bilanunda mog‘or, kirlanishlar va noxush hidlar paydo bo‘lishi mumkin. Bu ayniqsa, kir yuvish kukuni uchun lotokda, barabanda va suv to‘kish tizimida ko‘proq seziladi. texnikangiz doimo soz holatda bo‘lishi uchun, uni muntazam tozalab turish muhim. Keling, Brandfree kislorodli tozalash vositasi yordamida kir mashinasini qanday samarali tozalash va noxush hid va mog‘orlardan forig‘ bo‘lish mumkinligini ko‘rib chiqamiz.
Nima uchun kir mashinasida ifloslanishlar paydo bo‘ladi?
Kir mashinasi ichidagi nam muhit mog‘or paydo bo‘lishi va bakteriyalarning ko‘payishi uchun qulay sharoit yaratadi. Kir yuvishning past harorati va kir yuvish kukunlarining to‘plangan qoldiqlari noxush hid va ifloslanishlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Mog‘or va noxush hidlar ko‘pincha kir yuvish kukuni uchun lotokda, barabanda va suv to‘kish tizimi filtrida paydo bo‘ladi, shuning uchun, mashinaning ushbu qismlarini muntazam tozalash uning normal faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur.
Kir yuvish mashinasi Brandfree yordamida qanday tozalanadi?
Muntazam tozalash, noxush hidlar va mog‘or paydo bo‘lishining oldini olishga yordam beradi. Brandfree kislorodli tozalash vositasi toshlarni ketkazishni juda yaxshi uddalaydi, bakteriyalarni yo‘qotadi va kir mashinasining borish qiyin bo‘lgan joylarini samarali tozalaydi.
Kir yuvish kukuni uchun lotok qanday tozalanadi
Kir yuvish kukuni uchun lotok ko‘pincha yuvish vositalarining qoldiqlari to‘planadigan joyga aylanadi. Bu vositalar o‘zidan so‘ng vaqt o‘tishi bilan qattiq qatlamlarga aylanadigan toshlar qoldiradi. Agar muntazam tozalab turilmasa, bo‘lmada noxush hid va mashinaning ish samarasini pasaytiradigan kir va mog‘or to‘plana boshlaydi.
Lotokni tozalash bo‘yicha yo‘riqnoma:
- Lotokni kir yuvish mashinasidan chiqarib oling.
- Undagi kir yuvish vositalari qoldiqlarini ketkazib iliq suv bilan yuving.
- 1,5 osh qoshiq Brandfree vositasini 1 litr qaynoq suv bilan aralashtiring.
- Lotokni eritmaga soling va faol moddalar tosh va ifloslanishlarni parchalashni boshlashi uchun uni 30 daqiqaga qoldiring.
- Shundan so‘ng, lotokning barcha burchak va birikishlarini cho‘tka bilan yaxshilab yuving.
- Toza suv bilan yuving va uni joyiga qaytarishdan oldin yaxshilab quriting.

Tozalashgacha

Tozalashdan so‘ng
Ifloslanishlarning to‘planish va mog‘or paydo bo‘lishining oldini olish uchun, bunday tozalashni hech bo‘lmaganda oyiga bir marta amalga oshirish tavsiya etiladi.
Kir yuvish mashinasining barabanini tozalash
Kir yuvish mashinasining barabanida ham vaqt o'tishi bilan ifloslik va noxush hidlar to'planishi mumkin. Mashina ichidagi nam muhit, ayniqsa, u muntazam tozalab turilmasa, mog'or paydo bo'lishiga yordam beradi.
Baraban qanday tozalanadi:
- 3-4 osh qoshiq kislorodli tozalash vositasini to‘g‘ri barabanga seping.
- Yuqori haroratda (60 dan 90°C gacha) yuvish rejimini qo‘ying, choyshablarsiz ishga tushiring.
- Yuvish tugagach, mashina eshigini oching va barabanni quriting.
Bunday tozalash, mog‘or va noxush hidlar paydo bo‘lishining oldini oladi. Ushbu muolajani hech bo‘lmaganda bir oy ichida 2-3 marta takrorlang.
Suv to‘kish tiziminin tozalash
Suvni to‘kish tizimi ko'pincha ifloslanish, kir yuvish vositalari qoldiqlari va sochlarning to'planish joyga aylanadi, bu esa yoqimsiz hidni keltirib chiqarishi va mashinaning ishlashini buzishi mumkin.Suv chiqarish tizimini tozalash - kir yuvish mashinasiga g'amxo'rlik qilishning muhim bosqichi.
Tozalash jarayoni:
- Kir yuvish mashinasini elektr tarmog‘idan uzing.
- Odatda, mashinaning tagida joylashsadigan suv to‘kish filtrini toping.
- Suv qoldiqlarini ehtiyotkorlik bilan tayyorlab qo‘yilgan idishga quyib oling.
- Filtrdagi iflosliklarni tozalagan holda uni iliq suvda yuving.
- Chuqur tozalash uchun, 1.5 osh qoshiqdagi mo‘jizaviy tozalagichni bir litr qaynoq suvda eriting va ushbu eritmadan filtrni tozalash eritmasi sifatida foydalaning.

Tozalashgacha

Tozalashdan so‘ng
Bir necha oy ichida suv to‘kish tizimini bir marta tozalash,tiqilishlarning oldini olish va noxush hidlardan xalos bo‘lisga yordam beradi
Mog‘or va hidlar paydo bo‘lishining oldini olish bo‘yicha maslahatlar
Mog‘or va noxush hidlar paydo bo‘lish xavfini kamaytirish uchun,kelgusida quyidagi bir nechta oddiy qoidalarga rioya qiling:
- Baraban va zichlovchi rezinalar qurishi uchun, kir yuvishdan keyin kir yuvish mashinasining eshigini ochiq qoldiring.
- Mashinada paydo bo‘lishi mumkin bo‘lganbakteriya va mog‘orlarni yo‘q qilish uchun, hech bo‘lmasa bir oyda bir marta yuqori haroratda yuvish rejimini qo‘llang.
- Iflosliklar va yuvish vositalari qoldiqlari to‘planishining oldini olish uchun, kir yuvish kukuni lotoki va filtrni muntazam tozalab turing.
- Yuvish vositalaridan juda ko‘p foydalanmang — ularning ortiqchasi mashinada to‘planib bakteriyalarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
- Mashinaning ichki qismlari gigienasini qo‘llab-quvvatlash uchun uni muntazam tarzda Brandfree vositasi yordamida tozalab turing.
Xulosa
Регулярная чистка стиральной машины необходима для её долгой и эффективной работы. Использование кислородного очистителя Brandfree позволяет не только справиться с загрязнениями, но и устранить плесень, бактерии и неприятные запахи. Следуя простым рекомендациям по уходу за машиной, вы сможете поддерживать её в идеальном состоянии и продлить срок службы техники. Проводя регулярную очистку лотков, барабана и сливной системы с помощью чудо-очистителя, вы защитите свою технику от загрязнений и обеспечите свежесть стирки.
Kir yuvish mashinasini muntazam tarzda tozalab turish, uning uzoq va samarali ishlashi uchun juda zarur. Brandfree kislorodli tozalash vositasidan foydalanish, nafaqat ifloslanishlarga qarshi kurashga, balki mog‘or va noxush hidlarni yo‘q qilish imkonini ham beradi. Mashinani parvarish qilishning oddiy qoidalariga rioya qilish bilan, siz uni mukammal holtada saqlash va uning xizmat qilish muddatini uzaytirish imkoniga ega bo‘lasiz. Mo‘jizaviy tozalovchi yordamida muntazam tarzda lotoklar, baraban va suv to‘kish tizimini tozalab tursangiz, texnikangizni ifloslanishdan saqlaysiz va uning toza kir yuvishini ta’minlaysiz.
Kir yuvish mashinasini muntazam tarzda tozalab turish, uning uzoq va samarali ishlashi uchun juda zarur. Brandfree kislorodli tozalash vositasidan foydalanish, nafaqat ifloslanishlarga qarshi kurashga, balki mog‘or va noxush hidlarni yo‘q qilish imkonini ham beradi. Mashinani parvarish qilishning oddiy qoidalariga rioya qilish bilan, siz uni mukammal holtada saqlash va uning xizmat qilish muddatini uzaytirish imkoniga ega bo‘lasiz. Mo‘jizaviy tozalovchi yordamida muntazam tarzda lotoklar, baraban va suv to‘kish tizimini tozalab tursangiz, texnikangizni ifloslanishdan saqlaysiz va uning toza kir yuvishini ta’minlaysiz.