BRANDFREE yangiliklari

Gilamdagi dog‘larga qarshi kurash: professional maslahatlar

Gilamdagi dog‘lar — har qanday uydagi muqarrar muammo. Tushkunlikka tushish shart emas! Ish ustalarining maslahatlari va to‘g‘ri parvarish yordamida hatto eng murakkab ifloslanishlar bilan ham samarali kurashish va gilamga oldingi toza ko‘rinishini qaytarish mumkin.
Brandfree taqdim etgan kislorodli tozalagich — bu gilamdagi eng qiyin dog‘lar bilan ham kurasha oladigan inqilobiy tozalash vositasi. Uning harakati matoning tolalariga kirib boruvchi va ifloslanishlarning molekulalarini parchalovchi faol kislorodga asoslanadi.
Tozalashgacha/Tozalashdan so‘ng

Foydalanishning afzalliklari

  1. Eski dog‘larga qarshi samaradorlik: mo‘’jizaviy tozalagich hatto uzoq vaqt davomida gilamda qolib ketgan dog‘larni ketkazishga ham qodir. Bu vosita faqat gilamning sirtini tozalab qolmasdan, ifloslanishlarni to‘liq yo‘qolishini ta’minlab uning tolalariga ham chuqur kirib boradi.
  2. Sog‘lik uchun xavfsizlik: Tozalovchining tarkibida tajovuzkor kimyoviy moddalar mavjud emasligi uni bolalar va uy hayvonlari bo‘lgan uylarda qo‘llash uchun ham xavfsiz qiladi.
  3. Ekologik tozalik: tozalash vositasining tarkibida fosfatlar va boshqa zararli moddalar yo‘qlig,i uni nafaqat bizlar uchun, balki atrof-muhit uchun ham xavfsiz qiladi.
  4. Foydalanishning osonligi: Tozalash vositasini dog‘ga surtish, 10-15 daqiqaga qoldirish va toza suv bilan yuvib tashlash yetarli bo‘ladi. Murakkab vaziyatlarda takroran foydalanish yoki gilamni eritmada ivitish mumkin.

Brandfree dan gilamlarni yuvishda qanday foydalaniladi?

  1. Yangi dog‘lar uchun: Tozalovchi eritmani (1 litr suvga 1,5 osh qoshiq) to‘g‘ri dog‘ga surtasiz va 10-15 daqiqaga qoldirasiz. Keyin gilamni yuvib tashlaysiz va quritasiz.
  2. Eskirgan dog‘lar uchun: Pasta tayyorlang - tozalagich donalarini 1:1 nisbatida issiq suv bilan aralashtiring. Dog‘ga surting va 30 daqiqa kuting. Shimgich bilan yuvib tashlang.
  3. Profilaktik tozalash: Gilamni toza saqlash uchun muntazam tozalash paytida bir oz miqdordagi tozalash vositasini suvga qo‘shing. Bu ifloslanishlar to‘lanishining oldini oladi va gilamning rangini tozalaydi.
Tozalashgacha/Tozalashdan so‘ng
Yodingizda bo‘lsin, sabr - eski dog‘lar bilan kurashda muvaffaqiyat kaliti. Biroq natija shunga arziydi: Brandfree mo‘’jizaviy tozalagichi bilan gilamingiz har doim yangidek ko‘rinadi!