Oshxonadagi havo tortgich — oshxonaning noxush hidlar, bug‘ va yog‘ni ketkazishga yordam beruvchi muhim qismi. Vaqt o‘tishi bilan uning o‘zi ham ifloslanadi: filtrlari va korpusi yog‘ qatlami bilan qoplanadi. havo tortgichning tozaligi va samaradorligini saqlab qolish uchun uni muntazam tarzda tozalab turish kerak. Universal Brandfree kislorodli tozalovchisi tajovuzkor kimyoviy vositalardan foydalanishsiz, shuningdek havo tortgichni tozalab, yaltiratib yog‘ qatlamlari bilan kurashishga yordam beradi.
Nima uchun havo tortgichni tozalash muhim?
- Samaradorlikni oshirish: Yog‘li kirlanishlar havo tortish unumdorligini kamaytirib havo oqimini bloklaydi.
- Gigiyena va xavfsizlik: To‘plangan yog‘ bakteriyalar manbai bo‘lishi va noxush hidlarga sabab bo‘lishi mumkin.
- Xizmat qilish muddatini uzaytirish: Havo tortgichning ifloslangan filtr va qismlari tezroq eskiradi, bu esa, o‘z navbatida uning buzilishiga olib keladi.
Havo tortgich har doim samarali ishlashi uchun uni muntazam tozalab turish muhim. Yuvish vositasi havo tortgichni a’lo darajada saqlashga yordam berib uni barcha qismlaridagi yog‘li kirlanishlarni oson ketkazadi.
Brandfree bilan havo tortgichni tozalash bosqichlari
1. Yechiladigan elementlarni tozalash
Havo tortgichning filtr va dekorativ panellari eng ko‘p yog‘ tortadigan qismlardir. Ular quyidagicha usul bilan oson tozalanadi:
- Yechib olish va ivitish: Yog‘tutib qoluvchi filtrlar va panellarni yechib oling. Ularni mo‘’jizviy tozalovchi eritmasida (1 litr qaynoq suvga 1,5 osh qoshiq) 30-40 daqiqaga ivitib qo‘ying.
- Cho‘tkada tozalash: Ivitishdan so‘ng, filtrlarni yumshoq cho‘tka bilan tozalang.
- Yuvish: Barcha detallarni toza suvda yuvib oling va yumshoq latta bilan quriting.

Tozalashgacha

Tozalashdan so‘ng
2. Havo tortgichning korpusini yuvish
Havo tortgichning korpusida ham yog‘ to‘planadi. Uni Brandfree eritmasida ho‘llangan yumshoq latta bilan tozalang.
- Artish: Havo tortgichning sirtini uning burchaklari va ulanishlariga e’tibor berib artib chiqing. Yog‘larni eritish uchun eritmani 10-15 daqiqaga qoldiring.
- Yakunlovchi ishlov berish: Izlar qolishining oldini olish uchun, korpusni avval nam latta bilan, so‘ng quruq latta bilan arting.
3. Ventilyatorni tozalash
Havo tortgichning ventilyatori — eng borish qiyin bo‘lgan qism, biroq uni tozalash, qurilmaning to‘g‘ri ishlashi uchun muhim.
- Havo tortgichni o‘chirish: Ishni boshlashdan oldin albatta havo tortgichni elektr tarmog‘idan o‘chiring.
- Parraklarni tozalash: Eritmani ventilyator parraklariga surting, 10-15 daqiqaga qoldiring. So‘ng, ehtiyotkorlik bilan parraklarni cho‘tka bilan tozalang. Agar parraklarni yechish imkoni bo‘lsa, ularni eritmada 10-15 daqiqa iviting.
- Ishni yakunlash: Parrakni nam latta bilan arting va havo tortgichni qayta yig‘ng.
4. Yakuniy bosqich
Barcha yechiladigan elementlar va ventilyatorno tozalashdan so‘ng, havo tortgichni yig‘ng. Havo tortgich doimo toza bo‘lib qolishi uchun bir oyda bir marta uni tozalab turish tavsiya etiladi.
Foydalanishning afzalliklari
- Ekologik tozalik: yuvish vositasi tarkibida xlor yoki ammiak mavjud emasligi uni salomatlik va atrof-muhit uchun xavfsiz qiladi.
- Materiallarning xavfsizligi: Yuvish vositasi zanglamaydigan po‘lat, plastik va shisha uchun mos keladi.
- Samaradorlik: Faol kislorod birikmalari yog‘ qatlamlariga kirib ularni oson ketkazadi.
- Universallik: Mo‘’jizaviy tozalagich nafaqat havo tortgichni, balki boshqa oshxona sirtlarini tozalash uchun ham mos keladi.
Havo tortgichni Brandfree tozalagichi bilan muntazam tozalash — bu oshvona uskunalarini tozalikda saqlashning oddiy va xavfsiz usuli. Tarkibidagi faol kislorodli birikmalar tufayli, mahsulot sirtlarga zarar yetkazmasdan, izlar qoldirmasdan yog‘ni samarali ketkazadi.